Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Eronga zarbalar fonida gaz va neft narxlari keskin oshdi

Eronga zarbalar fonida gaz va neft narxlari keskin oshdi

AQSh va Isroilning Eronga qarshi yangi harbiy harakatlari jahon energiya bozorlarida narxlarning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Gaz narxi so‘nggi uch yil ichidagi eng yuqori sur’atlarda o‘smoqda, neft esa 9 foizga qimmatladi.

Financial Times yozishicha, Yevropa bozorida gaz narxi 45 foizga oshgan. Nashr bu holatni nafaqat Qatardan suyultirilgan gaz yetkazib berish ehtimoliy qisqarishi, balki Yevropa omborlaridagi zaxiralar kamayishi bilan ham izohlaydi.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa gaz zaxiralari 2022 yildan beri eng past darajaga tushgan. Aynan o‘sha yili Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlangan edi.

Shu bilan birga, Eron Ormuz bo‘g‘ozi orqali kema harakatiga tahdid qilmoqda. Mazkur yo‘lak orqali jahondagi neft va gazning qariyb 20 foizi tashiladi.

Neft narxi esa barreli 85 dollarga yetdi. Mutaxassislar yaqin vaqt ichida narx 100 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Yaqin Sharqdagi yangi urush fond bozorlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk Britaniyaning FTSE 100 indeksi 2,6 foizga pasaydi, Fransiya va Germaniya bozorlarida ham aksiyalar keskin arzonlashmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:05. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!