Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

"Eronga qilingan har qanday hujum “Hizbulloh”ga ham qaratilgandir"

"Eronga qilingan har qanday hujum “Hizbulloh”ga ham qaratilgandir"

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Livanning “Hizbulloh” guruhi yetakchisi Naim Qosim mintaqadagi keskinlikning oqibatlaridan ogohlantiruvchi bayonot berdi.

"Eronga qarshi urush butun Yaqin Sharq mintaqasini alangalatib yuboradi. Agar shunday bo‘lsa, o‘sha paytda qanday yo‘l tutishni hal qilamiz. Ammo biz neytral taraf emasmiz", — dedi Qosim.

Eslatib o‘tamiz, Tramp Axios'ga bergan intervyusida "Eron yaqinida bizning “ulkan armada” joylashgan. Venesuela atrofidagidan ham kattaroq", — deya fikr bildirgandi.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti diplomatiya hamon ehtimoliy variant sifatida qolayotganini ta’kidladi. "Eron AQSh bilan kelishuv tuzishni xohlayapti. Men buni bilaman. Ular bizga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilishdi. Ular gaplashishni xohlashadi", dedi Oq uy rahbari.

Kiritildi: Bugun 13:44. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!