Vashingtonning Eronga qarshi AQSH-Isroil operasiyasiga sarflagan harbiy xarajatlari bugungi kunga qadar 29 milliard dollarga yetdi.
Bu haqda Pentagonning yuqori lavozimli moliya xodimi Djuls Xyorst III ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bu raqam harbiy texnikani yangilash, ta’mirlash va almashtirish, shuningdek, operasion xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Xyorst xarajatlar o‘tgan oy oxirida taqdim etilgan raqamga nisbatan 4 milliard dollarga oshganini ta’kidladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, aprel oyi oxirida AQSh harbiy vaziri Pit Xegset Eronga qarshi harbiy operasiya AQShga 25 milliard dollarga tushganini e’lon qilgan edi.