Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Eronga aviaqatnovlar qisqarmoqda: besh davlat parvozlarni chekladi

Eronga aviaqatnovlar qisqarmoqda: besh davlat parvozlarni chekladi

AQSh sanksiyalari va bosimi ortidan kamida besh davlat Eron bilan aviaqatnovlarni cheklay boshladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Ummon va Ozarbayjon Eron aviakompaniyalarining parvozlarini to‘xtatdi. Iroq eronlik aviakompaniyalarga Bag‘dodga parvoz qilishni taqiqladi. Gruziya esa Tbilisiga tijoriy reyslarni to‘xtatdi.

Turkiya Eronning yirik aviakompaniyalaridan biri — Mahan Air'ning mamlakatga parvozlarini taqiqladi. Shuningdek, Turkish Airlines, AJet va Pegasus Eronga aviachiptalar sotuvini to‘xtatgan.

Cheklovlar AQSh Moliya vaziri Skott Bessent Vashington Eron aviakompaniyalarining butun dunyo bo‘ylab xalqaro parvozlarini to‘xtatishga erishishini ma’lum qilganidan keyin joriy etildi.

8 sentyabr kuni AQSh Eronning 27 ta aviakompaniyasiga sanksiya kiritib, ularni Tehron manfaatlari uchun qurol-yarog‘, harbiy xizmatchilar va boshqa yuklarni tashishda ayblagan.

Shu bilan birga, Eron hali to‘liq aviablokadaga tushgani yo‘q. Chorshanba kuni Tehrondan Istanbul va Dubay kabi yo‘nalishlarga o‘nlab xalqaro reyslar amalga oshirilgan. Eron aviakompaniyalari sentyabr va oktyabr oylari uchun chipta sotishni ham davom ettirgan.

Kiritildi: 08:20 24.09.2026. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!