Eronda harbiy operasiya boshlanganidan beri 470 nafardan ortiq Xitoy fuqarolari mamlakatdan xavfsiz tarzda evakuasiya qilindi.
Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Ning brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda xavfsizlik vaziyatining keskinlashishi ortidan Xitoy tegishli tomonlarga Eron va qo‘shni davlatlardagi Xitoy fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir necha bor murojaat qilgan. Xitoyning Eron va qo‘shni davlatlardagi elchixonalari va konsulliklari Xitoy fuqarolarini evakuasiya qilishda yordam berish uchun tunu kun ishlamoqda.