AQShning Eronga qarshi operasiyasi boshlanganidan beri halok bo‘lgan amerikalik harbiy xizmatchilar soni yetti kishiga yetdi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) bu haqda ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
"Kecha kechqurun Eronning dastlabki javob zarbalarida olgan jarohatlaridan bir amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu "Epik g‘azab" operasiyasi davomida janglarda halok bo‘lgan yettinchi harbiy xizmatchi", deyiladi bayonotda.
Marhum askar Saudiya Arabistonida joylashgan bo‘linmada xizmat qilgan va 1 mart kuni og‘ir yaralangan.