Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Erondagi prezidentlik saylovida Isroildan tashqari barcha davlatlar bilan hamkorlik qilish tarafdori bo‘lgan islohotchi nomzod yetakchilik qilmoqda

Erondagi prezidentlik saylovida Isroildan tashqari barcha davlatlar bilan hamkorlik qilish tarafdori bo‘lgan islohotchi nomzod yetakchilik qilmoqda

28 iyun, juma kuni mamlakatda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. 14 million ovoz sanab chiqilganidan so‘ng, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va parlament a’zosi Ma’sud Pezeshkian 5,9 million, uning asosiy raqibi Said Jaliliy - 5,5 million ovozga ega bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Hech bir nomzod mutlaq ko‘p ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘lmaganligi sababli tez orada saylovning ikkinchi turi o‘tkazilishi mumkin.

Ma’sud Pezeshkian G‘arb bilan munosabatlarni tiklash va Isroildan tashqari barcha davlatlar bilan hamkorlik qilish tarafdori bo‘lgan islohotchi nomzod hisoblanadi.

Said Jaliliy Siyosiy muvofiqlik kengashi a’zosi bo‘lib, konservativ siyosatchi hisoblanadi.

Kiritildi: 14:26 29.06.2024. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!