Eronning Isfahon viloyatidagi zavodda yuz bergan portlashda to‘qqiz kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Isfaxon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Mansur Shishaforush halok bo‘lganlar sonini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in Barxur shahridagi Davlatobod sanoat parkida joylashgan elektronika ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan. Voqea joyiga tezda o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhlari jo‘natildi.
"Afsuski, ushbu hodisa natijasida sanoat korxonasining to‘qqiz nafar ishchisi gazdan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi va qutqaruv ishlari samarasiz bo‘ldi", — dedi Shishaforush.
1700 gektar maydonni egallagan Davlatobod sanoat parki Isfaxon shimolida joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik sanoat parklaridan biri hisoblanadi.