Eronda so‘nggi bir hafta ichida zo‘ravonlikka aylangan namoyishlarda kamida 16 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Eronning HRANA inson huquqlari tashkiloti ma’lum qildi.
"Bundan tashqari, 582 kishi hibsga olindi", — deyiladi xabarda.
Bunga namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sabab bo‘lgan.
Avvalroq Eronning Ilom viloyatidagi Malikshoh shahrida namoyishchilar va polisiya o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lib, uch kishi halok bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda inflyasiya va milliy valyutaning dollarga nisbatan rekord darajada qadrsizlanishi tufayli so‘nggi uch yil ichida eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.