Eronda pilot loyiha sifatida ishga tushirilgan premium benzin narxi litri 800 ming rialga ko‘tarildi.
Bu haqda Eron neft vaziri Mohsin Paknejod ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 25 dekabrda premium benzin sotish bo‘yicha sinov loyihasi boshlangan. Biroq narxlarning oshishi iste’molchilarda turlicha munosabat bildirgan.
Vazirning ta’kidlashicha, pilot loyiha iste’molchilar talabi va narxlar oshishiga bozor munosabatini o‘rganishga qaratilgan. "Kamida 17 kompaniya ushbu turdagi benzinni import qilish uchun allaqachon ruxsat olgan, ammo ularning bozorga kirishi sinov bosqichi natijalariga va yakuniy narxga iste’molchining munosabatiga bog‘liq", deb ta’kidladi Paknejad.