Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eronda yangi mudofaa vaziri tayinlandi

Eronda yangi mudofaa vaziri tayinlandi

Eron parlamenti Mehrdad Axlagi Kitabchini mudofaa vaziri etib tayinlashni deputatlarning mutlaq ko‘pchilik ovozi bilan ma’qulladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Uning o‘tmishdoshi Aziz Nasirzoda 2026 yil 28 fevral kuni, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlangan dastlabki kunlarda halok bo‘lgan. Shundan beri vazirlikni vazir vazifasini bajaruvchi Majid ibn al-Rizo boshqarib kelayotgan edi.

Yangi vazir dastlabki bayonotida AQSh Eronga hujum qilishga jur’at etmasligini aytdi. Biroq Vashington yangi urush boshlashga qaror qilsa, Tehronning javobi juda qattiq bo‘lishini ta’kidladi.

Ayni paytda Eron G‘arb ommaviy axborot vositalarida AQSh Eronga qarshi ehtimoliy yangi operasiyada yadroviy bo‘lmagan eng kuchli aviabombalardan biri — «Barcha bombalarning onasi» (MOAB)ni qo‘llashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Eronning o‘ta konservativ «Kayhon» gazetasi bosh muharriri Husayn Shariatmadoriy AQShning ehtimoliy harakatlariga keskin bayonot bilan javob qaytardi.

«Ularning bombalar onasi Islom Respublikasi raketalarining otasiga duch keladi. Bombalaringizni yuboring — raketalarimiz ularning otasi bo‘ladi. Maydon mana, keling, kim g‘olib kelishini ko‘ramiz!» — dedi u.

Shariatmadoriy, shuningdek, AQSh harbiylari, Eronga hujumlarda ishtirok etgan uchuvchilar hamda Isroil va AQShning boshqa ittifoqchilariga tegishli yadroviy ob’ektlarni Eron uchun qonuniy va aniq belgilangan nishonlar deb atadi.

Kiritildi: Bugun 16:43. O'qildi: 235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!