Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eronda urush sabab o‘nlab muzey va tarixiy yodgorliklarga zarar yetdi

Eronda urush sabab o‘nlab muzey va tarixiy yodgorliklarga zarar yetdi

Eron Madaniyat vazirligi ma’lum qilishicha, urushning dastlabki ikki haftasida kamida 56 ta muzey va tarixiy ob’ekt shikastlangan. Eng katta zarar Tehron shahrida kuzatilgan bo‘lib, bu yerda 19 ta madaniy maskanda vayronagarchilik qayd etilgan. Idora ma’lumotiga ko‘ra, shikastlanishlarning katta qismi poytaxtga qilingan AQSh va Isroil zarbalari bilan bog‘liq.

Zarar ko‘rgan ob’ektlar orasida Goleston saroyi ham bor. U YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, Tehrondagi eng qadimiy me’moriy yodgorliklardan biri hisoblanadi. Ilgari u Qojorlar sulolasi rezidensiyasi sifatida xizmat qilgan.

Isfahon shahrida XVII asrga mansub "Naqsh‑i Jahon maydoni"da ham shikastlanishlar qayd etilgan. Bu maydon atrofida tarixiy masjidlar, saroy va qadimiy bozor joylashgan.

Port shahri Bushehrda esa tarixiy "Siraf tarixĭ hududi"dagi binolar zarar ko‘rgan.

Avvalroq YUNESKO mintaqaning madaniy merosi xavf ostida ekanidan xavotir bildirgan edi. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, urush davomida Eron, Isroil va "Livan"dagi tarixiy ob’ektlar allaqachon shikastlangan, yana yuzlab yodgorliklar esa Fors ko‘rfazi atrofidagi raketa zarbalari tufayli xavf ostida qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:44. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!