Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Eronda urib tushirilgan amerikalik uchuvchi qutqarildi

Eronda urib tushirilgan amerikalik uchuvchi qutqarildi

Eronda urib tushirilgan Amerikaning F-15E qiruvchi samolyotining qutqarib olingan ikkinchi uchuvchisi tibbiy yordam olish uchun Kuvaytga yetib keldi. Bu haqda AQShning yuqori lavozimli harbiy mulozimiga tayanib, New York Times nashri xabar bermoqda.

«Qutqaruv samolyotlari jarohatlangan uchuvchini tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Kuvaytga yetkazdi», — deyiladi nashr materialida.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv operasiyasi qariyb ikki kun davom etgan. Unda yuzlab maxsus topshiriqli askarlar, o‘nlab samolyotlar, shuningdek, koinot va raqamli razvedka vositalari ishtirok etgan.

Aniqlik kiritilishicha, uchuvchi katapulta qilgandan so‘ng tog‘ tirqishiga yashiringan. Dastlab uning qayerda ekanligini na eronliklar, na amerikaliklar bilishgan, biroq uchuvchida mayoqcha va aloqa vositalari bo‘lgan.

AQShning yuqori lavozimli mulozimi Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) eronliklarni uchuvchi allaqachon qutqarilgan va quruqlik orqali olib chiqib ketilmoqda, deb ishontirish uchun dezinformasiya kampaniyasini o‘tkazganini so‘zlab berdi. Uchuvchining manzilini aynan MRB aniqlagan. Ikkinchi uchuvchi qurollanish tizimi operatori bo‘lgan.

Kiritildi: 14:26 05.04.2026. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!