Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Eronda suv toshqinlari 166 mln dollarlik zarar yetkazdi

Eronda suv toshqinlari 166 mln dollarlik zarar yetkazdi

Eronning Mozandaron viloyatida yuz bergan suv toshqinlari 7 trillion riyollik (166 million AQSh dollari) zarar yetkazdi. Ofat natijasida infratuzilma ob’ektlari, turar joylar, yo‘llar vayronaga aylandi, suv dalalarni yuvib ketdi, deya xabar bermoqda Tehran Times.

Suv toshqinlari o‘tgan hafta boshlangan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kelib chiqdi. Toshqin oqibatida kamida besh kishi halok bo‘lgan.

Mozandaron hokimi Muhammad Eslamiy bergan ma’lumotga ko‘ra, suv toshqini 2650 uyga zarar yetkazgan, shundan 82 tasi butkul buzilib ketgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 07:46 11.10.2018. O'qildi: 1363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!