Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 8 yanvar oqshomida Tehronda uzluksiz o‘q ovozlari eshitilgan. Eron davlat matbuoti esa hukumat yirik shaharlarga Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bo‘linmalarini joylashtirganini ma’lum qildi.
CNN'ning qayd etishicha, namoyishlar mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy ahvol tufayli kelib chiqqan, rasmiylar esa jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘layotgan muammolarga yechim taklif qilmasdan, noroziliklarni kuch bilan bostirmoqda. Ayniqsa mamlakatning g‘arbiy viloyatlarida keskin to‘qnashuvlar kuzatilmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 28 dekabrdan beri davom etayotgan norozilik namoyishlarida kamida 45 nafar fuqaro va to‘rt nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan, shuningdek, 2200 nafar namoyishchi hibsga olingan. Biroq hukumat tomonidan hozircha rasmiy ma’lumotlar berilmagan.