Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q – TIV

Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q – TIV

Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqida O‘zbekistonning Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, hozirgi vaqtda Eron hududida 81 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib turibdi.

Shulardan:

  • 8 nafari — diplomatik vakolatxonalar xodimlari;
  • 9 nafari — Qum shahrida tahsil olayotgan talabalar;
  • 55 nafari — Eron hududida doimiy yashovchi fuqarolar;
  • 9 nafari — xususiy safar bilan borganlar.

«Elchixona vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va ular bilan muntazam muloqotni ta’minlamoqda», — deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi (Tehron shahri)

  • +98 912 132 78 23
  • Mas’ul shaxs: Yuldashev Elbek
Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!