Internet tarmoqlarini kuzatuvchi "NetBlocks" tashkilotining ma’lum qilishicha, Erondagi tarmoqlarning deyarli to‘liq uzilishi 64 kundan beri davom etmoqda. Natijada mamlakat xalqaro axborot makonidan deyarli butunlay uzilib qolgan.
Ushbu cheklovlar dastlab yanvar oyi boshida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari tiklanishi ortidan joriy etilgan edi. Fevral oyi oxirida boshlangan harbiy nizolar fonida esa internetga bo‘lgan to‘siqlar yanada kuchaytirildi. Internetdan foydalanishdagi bunday qat’iy cheklovlar butun mamlakat bo‘ylab ish o‘rinlari va tadbirkorlik faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.