26 avgust kuni Eron janubi-g‘arbidagi Xuziston viloyatida F-5 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Samolyot uchuvchisi halok bo‘ldi.
Aytilishicha, uchuvchi samolyotni Dizful shahrida qo‘ndirishga uringanida halokatga uchragan.
Ikkinchi uchuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli haqida ma’lumot yo‘q.
Manba: daryo.uz