Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Eronda bir necha kundan beri davom etayotgan norozilik namoyishlarida kamida 35 kishi halok bo‘ldi

Eronda bir necha kundan beri davom etayotgan norozilik namoyishlarida kamida 35 kishi halok bo‘ldi

Eronda bir necha kundan beri davom etayotgan norozilik namoyishlarida kamida 35 kishi halok bo‘ldi, 1200 dan ortiq odam hibsga olindi — DW.

Nashr bu haqda Human Rights Activists in Iran inson huquqlari tashkilotiga tayanib xabar berdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 28 dekabr kuni boshlangan norozilik namoyishlari mamlakatdagi 31 viloyatning 27 tasida, kamida 88 shaharda bo‘lib o‘tgan. Huquq himoyachilarining yozishicha, ba’zan Eron xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgan.

Bunday harakatlar yirik shaharlarda, jumladan Mashhad va Eron poytaxti Tehronda noroziliklarning yangi to‘lqinini keltirib chiqargan. Namoyishlarga mamlakat bo‘ylab kamida 17 ta oliy o‘quv yurtining talabalari qo‘shilgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bunga javoban kuch tuzilmalari universitet binolari hududlarida reydlar o‘tkaza boshlagan.

Huquq himoyachilari ma’lumotiga ko‘ra, Erondagi ommaviy noroziliklar chog‘ida halok bo‘lgan 35 kishining 29 nafari namoyishchilar, to‘rt nafari bolalar, yana ikki nafari esa xavfsizlik kuchlari xodimlari hisoblanadi.

Eronda boshlangan namoyishlar 2022 yildan beri mamlakatdagi eng yirik ommaviy namoyishlar bo‘ldi. O‘shanda noroziliklarga 22 yoshli Mahsa Aminiyning “axloq polisiyasi” tomonidan qo‘lga olinganidan keyin vafot etgani sabab bo‘lgan edi.

Kiritildi: 18:29 06.01.2026. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!