Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Eron Yaponiya orqali Hormuz bo‘g‘ozidagi o‘z pozisiyasini G‘arbga yetkazmoqchi

Eron Yaponiya orqali Hormuz bo‘g‘ozidagi o‘z pozisiyasini G‘arbga yetkazmoqchi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif avgust oyining oxirida Yaponiyaga tashrif buyurishi mumkin, deb xabar bermoqda Yaponiyaning «Kyodo» nashri.

Nashrga ko‘ra, muzokaralarning asosiy mavzusi Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat bo‘ladi. Shu tariqa Javod Zarif yaponiyalik hamkasblari orqali G‘arb mamlakatlari va Qo‘shma Shtatlarga Tehronning Hormuz bo‘g‘ozida koalisiya tuzishga qarshi bo‘lgan pozisiyasini yetkazishni niyat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozida Britaniyaning Stena Impero neft tankerini hibsga olgan edi. Biroz o‘tib, Britaniya kabi Qo‘shma Shtatlar ham rasmiy Tehronning bu xatti-harakatlarini qoraladi. Keyinchalik AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington Hormuz bo‘g‘ozini qo‘riqlaydigan koalisiya tashkil etishini bildirgan edi.

Kiritildi: 23:00 19.08.2019. O'qildi: 1117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!