Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eron Xavfsizlik kengashi kotibi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik forumida ishtirok etadi

Eron Xavfsizlik kengashi kotibi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik forumida ishtirok etadi

Eron Milliy Xavfsizlik Kengashi (MXK) kotibi Ali Akbar Ahmadian Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning 12-xalqaro yig‘ilishida ishtirok etadi .

Bu haqda Eronning IRNA agentligi ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .

Unga ko‘ra, Eron Xavfsizlik kengashi kotibi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning taklifiga binoan tadbirda ishtirok etadi.

Ma’lum qilinishicha, Ahmadian Sankt-Peterburgda Rossiya, Braziliya, Janubiy Afrika, Xitoy, Hindiston va Iroqdagi hamkasblari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 23-25 aprel kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 17:10 22.04.2024. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!