Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida kemalar erkinligini muhokama qildi

Eron va Ummon Hormuz bo‘g‘ozida kemalar erkinligini muhokama qildi

Ummon va Eron vakillari Hormuz bo‘g‘ozida kemalar harakati erkinligini ta’minlash tamoyillarini muhokama qilish uchun muzokaralar olib borishdi.

Bu haqda Ummon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan.

"Ummon Tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy va Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, xalqaro huquqqa muvofiq Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati erkinligini tartibga soluvchi bir qator tamoyillarni muhokama qilish uchun Ummon va Eron delegasiyalarining kengaytirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi", deyiladi bayonotda.

Tomonlar kemalar harakati, savdo va ta’minot zanjirlari xavfsizligini ta’minlash zarurati haqida fikr almashdilar.

Ta’kidlanishicha, al-Busaidiy ilgari G‘aribobodiyni qabul qilgan va u Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chining og‘zaki xabarini yetkazgan. Xabarda "Pokiston vositachiligida davom etayotgan Eron-AQSh muzokaralari" va "ikki mamlakatning Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati erkinligini xavfsiz va barqaror tarzda tiklash istagi" haqida so‘z boradi.

Kiritildi: Bugun 10:01. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!