Al Hadath telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Eron AQSh tomonidan sanksiyalar rejimini yumshatish evaziga uran boyitishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan.
Telekanalning Pokistondagi manbalariga ko‘ra, bunga Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etayotgan vositachilar yordam bergan.
Eron rasmiylari Al Hadath tarqatgan bu xabarga hozircha izoh bermagan.
Shu bilan birga, Al Arabiya telekanali manbasi AQSh va Eron o‘rtasida kelishuvga erishish ehtimoli "nihoyatda past" ekanini ta’kidlagan. Bunga tomonlar o‘rtasida hali ham jiddiy kelishmovchiliklar saqlanib qolayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.