AQSh bilan anglashuv memorandumi matni asosiy bandlar bo‘yicha kelishib olindi, deb bayonot berdi Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘aiy.
Bu haqda «Press TV» telekanali xabar berdi.
Bag‘aiyning bayonotidan ma’lum bo‘lishicha, hujjatning asosiy ta’riflari allaqachon tasdiqlangan. Shu bilan birga, eronlik diplomat jarayonning cho‘zilib ketayotgani sababini ham ko‘rsatib o‘tgan.
«Muammo shundaki, AQShning ziddiyatli pozisiyasi ushbu jarayonda doimo uzilishlarga sabab bo‘lib kelmoqda», — dedi Bag‘aiy.