Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Eron "o‘lim qurilmalari"ni ishlatmoqda — AQSh

Eron "o‘lim qurilmalari"ni ishlatmoqda — AQSh

AQSh yaqinda Mercer Street tankeriga qilingan hujum ortida Eron turganiga ishonadi, dedi AQSh Davlat departamenti rahbari Entoni Blinken. Uning ta’kidlashicha, Vashington mavjud ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga kelgan.

Blinkenning aytishicha, Eron hujumni portlovchi qurilmalari bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirgan - "o‘lim qurilmalarini mintaqada tobora joylashtirmoqda".

Yaqin kelajakda "adekvat javob" beriladi, deya tahdid qildi Amerika diplomatiyasi rahbari.

Mercer Street kemasiga qilingan hujum bilan bog‘liq keyingi harakatlar to‘g‘risida qaror amerikalik sheriklar bilan, shu jumladan AQSh aloqada bo‘lgan Yaqin Sharqda qabul qilinadi.

Ummon qirg‘oqlari yaqinidagi kemaga qilingan hujum ortida Eron turgani haqida Isroil bosh vaziri Naftali Bennet ilgari ma’lum qilgandi. Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatibzodaning aytishicha, Tehron Mercer Street kemasiga qilingan hujumda ishtirok etmagan, deb yozadi RIA Novosti.

Kiritildi: 23:36 01.08.2021. O'qildi: 2654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!