Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Ukrainaga zarba beradimi ?

Eron Ukrainaga zarba beradimi ?



The New York Times: Eron Ukraina portiga raketa zarbasi berish imkoniyatini ko‘rib chiqqan.

The New York Timesning yozishicha, Eron Ukrainaga tegishli kemaga qilingan hujumga javob sifatida Ukrainadagi Qora dengiz portiga ballistik raketa bilan ramziy zarba berish variantini muhokama qilgan.

Nashrning eronlik va g‘arblik manbalarga tayanib xabar berishicha, Tehron razvedka ma’lumotlariga ko‘ra katta vayronagarchilik emas, balki "ramziy ta’sir" ko‘rsatishni maqsad qilgan. Ehtimoliy nishon sifatida Ukrainaning Qora dengiz portlaridan biri ko‘rilgan.

Biroq diplomatik muzokaralar keskinlikni pasaytirishga yordam bergan va ushbu ssenariy amalga oshmagan. Nashr ta’kidlashicha, Eron tomonidan Ukrainaga raketa uchirilishi ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni jiddiy kuchaytirishi mumkin edi.

Kiritildi: 18:42 29.07.2026. O'qildi: 1242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik