Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Trampni hibsga olish uchun order berdi

A A A
Eron Trampni hibsga olish uchun order berdi

Eron sudi Interpoldan AQSh Prezidenti Donald Trampning Islomiy Inqilob Qo‘riqchilari Korpusi (IRGC) generali Qosim Sulaymoniyni o‘ldirganligi uchun xalqaro qidiruvga berishlarini talab qilmoqda.

Bu haqda “Mehr” agentligi xabar berdi.

"Eron sud idoralari general-leytenant Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan 36 kishini hibsga olishga order bergan. Ular orasida AQSh va boshqa mamlakatlarning siyosiy va harbiy arboblari ham bor", deya ta’kidlagan Tehron prokurori Ali Mehr.

Uning so‘zlariga ko‘ra, adliya idoralari ularni Interpol orqali javobgarlikka tortish va "qizil maqom" e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan, unda dunyo bo‘ylab huquqni muhofaza qilish kuchlari so‘ralgan gumon qilinuvchini qidirish va ushlashni osonlashtiradi.

Qayd etilishicha, bu shaxslar "qotillik" va "terrorizm" da ayblanmoqda.

Aytilishicha, "Ro‘yxatning yuqori qismida AQSh prezidenti Donald Tramp turibdi, uning muddati tugaganidan keyin ham ta’qiblar davom etadi".

Interpol esa Tehronning ushbu murojaatiga javob berdi.

Ta’kidlanishicha, Interpolning ichki qoidalari Eron adliya organlarining talabini qondirishga imkon bermaydi, chunki tashkilotga "siyosiy, harbiy, diniy yoki irqiy tusdagi har qanday aralashish yoki xatti-harakatlar qilish" taqiqlangan. Shu munosabat bilan Tehron murojaatini kG‘rib chiqish rad etilgan.

 

 

 

Kiritildi: 20:12 29.06.2020. O'qildi: 4014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik