Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi ro‘parasidan jasad topildi

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi ro‘parasidan jasad topildi

Eron terma jamoasi atrofida noxush xabarlar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Bu gal jamoa bazasi yaqinida jinoyat izlari aniqlandi — Eron terma jamoasining mashg‘ulot qarorgohi to‘g‘risidagi supermarket avtoturargohida joylashgan mashinalardan birining yukxonasidan jasad topilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh bilan bog‘liq ko‘zga ko‘rinib turgan muammolar sababli eronlik futbolchilar Meksikaning Tixuana shaharchasida istiqomat qilishmoqda.

Hozirda polisiya ushbu topilma holatlari yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda, deya aniqlik kiritadi Ispaniyaning «Sport.es» portali.

Eronliklar dushanba kuni Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvlarini Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishlari kerak. Shundan so‘ng ularni Belgiya va Misr terma jamoalariga qarshi o‘yinlar ham kutmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:19. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!