Eron parlamentida tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchini lavozimidan chetlatish masalasida impichment so‘rovi ro‘yxatga olindi. Bu haqda parlament prezidiumi a’zosi Muhammad Rashidiy Tasnim agentligiga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbusni deputatlardan biri kiritgan bo‘lishi mumkin.
Biroq hozircha so‘rov parlament prezidiumiga keyingi ko‘rib chiqish uchun rasman taqdim etilmagan. Shu sababli Arakchiga nisbatan impichment jarayoni boshlangani haqida yakuniy qaror mavjud emas.