Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Eron razvedkasi Muhsin Faxrizodaning o‘limi tashkilotchilari shaxsini aniqladi

Eron razvedkasi Muhsin Faxrizodaning o‘limi tashkilotchilari shaxsini aniqladi

Eron razvedka xizmatlari eronlik yadrochi-fizik olim Muhsin Faxrizodaga nisbatan suiqasdni tashkil etganlarning shaxsini aniqladi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy vakili Ali Rabiy ma’lum qildi.

"Eron Axborot vazirligi (Eron razvedkasini boshqaradi – tahr.) Faxrizodaning o‘limiga aloqador kishilarning shaxsini aniqladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda IRIB teleradiokorporasiyasi.

Rabiyning qo‘shimcha qilishicha, "ishning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda va aniqlik kiritilishi bilan javob choralari ishlab chiqiladi".

Eslatib o‘tami, Faxrizoda 27 noyabrda Tehron yaqinidagi Absard aholi punktida qurolli hujumga uchragandi. Keyinroq olim olingan jarohatlardan shifoxonada vafot etdi.

Eron ushbu qotillikda Isroilni ayblagan. Bundan tashqari, AQSh razvedkasi ham ushbu terakt ortida Isroil turganiga ishora qilgan. Ta’kidlanishicha, Faxrizodaning o‘ldirilishidan Oq uyning bo‘lg‘usi rahbari Jo Baydenga Eron bilan diplomatik aloqalarni tiklashga to‘sqinlik qilish maqsad qilingan.

Kiritildi: 08:48 03.12.2020. O'qildi: 4901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!