Eron Qurolli Kuchlari har qanday tashqi tahdidga qattiq javob qaytaradi.
Ushbu ogohlantirishni Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i va Xatam al-Anbiya Markaziy shtabi qo‘mondoni Ali Abdullohi berdi.
U AQSh va Isroilning so‘nggi hujumlar paytida Eronni yorib o‘tishga urinishlari muvaffaqiyasizlikka uchraganini eslatdi.
“Dushmanning hisob-kitoblari yana bir bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, dedi Abdullohi va Eron armiyasi zaiflashmaganini qo‘shimcha qildi.
U shuningdek, Livan, Falastin, Yaman va Iroqdagi qarshilik fronti faqat kuchayganini xabar qildi.