Eron prokuraturasi xorijdagi fuqarolarini "dushman bilan hamkorlik" uchun mol-mulkini musodara qilishdan ogohlantirdi va "josuslik" uchun qatl etilishini eslatdi — The Insider.
Bayonotda ta’kidlanishicha, davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan faoliyatda ishtirok etish, hatto mamlakat tashqarisida ham, jiddiy huquqiy oqibatlarga olib keladi.
"Qonunga muvofiq, chet eldagi dushman bilan milliy xavfsizlikka putur yetkazuvchi har qanday hamkorlik barcha aktivlarning musodara qilinishiga olib keladi", — deyiladi bayonotda.
Rasmiylar, shuningdek, Eronga qarshi "josuslik" yoki "razvedka faoliyati" uchun o‘ta qattiq jazo — hatto o‘lim jazosi nazarda tutilganini eslatmoqda.