Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon BMTning “Ishonchni tiklash” shioriga munosabat bildirib, tashkilotga ishonch mavjud emasligini aytdi.
“Ishonch — mavjud bo‘lmagan narsa. Ular gapiradigan inson huquqlari va ko‘plab xalqaro me’yorlarga ham rioya qilinmaydi”, — dedi Pizishkiyon.
U BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida Eronga qarshi hujumlar va Eron xalqining “haqligi” haqida gapirishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Pizishkiyon AQSh eronlik jurnalistlar guruhiga viza bermaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh va Isroil urush orqali Eronni taslim bo‘lishga majburlay olmagan va hozir bu maqsadga blokada, OAV hamda Eronning zaif tomonlaridan foydalanish orqali erishishga urinmoqda.