Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun yana 20 ta Pokiston bayrog‘i ostidagi kemaga ruxsat berildi.
Bu haqda Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar o‘zining ijtimoy tarmoq sahifasida yozgan.
"Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozidan qo‘shimcha 20 ta Pokiston bayrog‘i ostidagi kemaga ruxsat berishga rozi bo‘ldi; har kuni ikkita kema bo‘g‘ozdan o‘tadi", deb ta’kidladi Ishoq Dar.
U Eronning bu harakati uzoq vaqtdan beri kutilganini ta’kidladi:
"Bu tinchlik xabari va mintaqada barqarorlikka hissa qo‘shadi. Muloqot, diplomatiya va ishonchni mustahkamlash bo‘yicha bunday choralar oldinga siljishning yagona yo‘li".