Eron Oliy Rahbari Mojtaba Xomeney general-leytenant Mohsen Rizoiyni o‘zining harbiy maslahatchisi etib tayinladi.
Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 71 yoshli Rizoiy ilgari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini (IIQK) boshqargan. Keyinchalik u mamlakat siyosiy tizimida bir qator yuqori lavozimlarni egallagan.