Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) sobiq bosh qo‘mondoni va Eron Oliy rahbari Mohsen Rizoiyning maslahatchisi Oliy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi.
Bu haqda Eron Prezidenti devoni Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Muhammad Mehdi Tabatabaiy ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oliy Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Muhammad Bag‘ir Zulqadr iste’foga chiqqanidan va yangi lavozimga tayinlanganidan so‘ng, Eron Prezidenti Masud Pezeshkian Mohsen Rizoiyni Kengash kotibi etib tayinlash to‘g‘risida buyruq chiqargan.
Rizoiy o‘zidan oldingi rahbar Ali Larijoniyning vafotidan keyin 27 mart kuni Kengash kotibi etib tayinlangan Muhammad Bag‘ir Zulqadrning o‘rnini egalladi.
Oliy rahbar devoni bayonotiga ko‘ra, Zulqadr Mojtaba Xomeneining siyosiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.