Eron AQSh bilan mojaro sabab raketalarining uchish masofasini oshirishga qaror qildi.
Eron armiyasi rasmiy vakili Muhammad Akraminya mamlakat AQSh bilan davom etayotgan mojaro sabab raketalarining uchish masofasini oshirishga qaror qilganini bildirdi.
🚀 Uning aytishicha, urush davomida Eron mavjud raketalarining masofasini oshirish zarur degan xulosaga kelgan va bu yo‘nalishda ishlar allaqachon boshlangan.
Hozir Eron asosan 2000 kilometrgacha masofaga ucha oladigan o‘rta masofali raketalarga ega.
📅 Eron va AQSh o‘rtasidagi mazkur mojaro 28 fevralda boshlangani aytilmoqda. Mart oyida Eron Hind okeanidagi Britaniyaning Diyego-Garsiya orolida joylashgan harbiy bazasiga hujum qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq Tehron o‘sha paytda bu ma’lumotni rasman tasdiqlamagan. Diyego-Garsiyagacha bo‘lgan masofa Tehrondan 5000 kilometrdan ortiq.