Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmati "Mossad" bilan hamkorlik qilganlikda aybdor deb topilgan ikki kishini qatl etdi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, sudlangan erkaklar chet elda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, Mossad bilan bog‘liq keng josuslik tarmog‘ining bir qismi bo‘lgan va Eron razvedkasining ma’lumotlariga ko‘ra, Islom Respublikasi ichida sabotaj operasiyalarini rejalashtirgan.
Ularga bir qator jinoyatlar, jumladan, "Xudoga qarshi dushmanlik" (davlatga qarshi qurolli faoliyat) va "dushman guruhlar bilan hamkorlik" ayblovlari qo‘yilgan.
Agentlikning xabar berishicha, o‘lim jazosi mamlakat Oliy sudi tomonidan o‘z kuchida qolgan va ijro etilgan.