Eronga qarshi yangi hujum yoki noto‘g‘ri hisob-kitob mojaroda qo‘shimcha frontlarni ochishi mumkin. Bu haqda dushanba kuni Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Mohsen Rezai ma’lum qildi.
Rezai X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shunday yozdi:
"Dushmanning Eronga nisbatan har bir noto‘g‘ri hisob-kitobi uni og‘ir mag‘lubiyatga olib keldi. Keyingi xato yangi frontlarni ochadi va yanada kattaroq kutilmagan oqibatlarga sabab bo‘ladi".
Uning ta’kidlashicha, "Islom inqilobi Oliy rahbarining oqilona rahbarligi, tarix yaratayotgan xalqning qo‘llab-quvvatlashi va davlat tizimining barcha tarmoqlari o‘rtasidagi muvofiqlashuv tufayli Eron bu murakkab vaziyatdan ishonch bilan o‘tadi".