Eron milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi qaydnomaga 26 nafar futbolchini kiritdi. Ular orasida tajribali yetakchilar ham, yosh iste’dodlar ham bor.
Jamoaning asosiy yulduzi sifatida Gresiyaning «Olimpiakos» klubida to‘p surayotgan hujumchi Mehdi Taremiy ko‘rilmoqda. Shuningdek, muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Alirizo Beyranvand, Ehson Hojsafiy, Alirizo Jahonbaxsh va Saman Quddus ham tarkibdan joy olgan. Ammo Sardor Azmun Mundialda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Eron milliy terma jamoasining JCH–2026 uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Alirizo Beyranvand («Traktor»), Husayn Husayniy («Sepahon»), Payam Niyozmand («Persepolis»).
Himoyachilar: Danial Eyriy («Malavan»), Ehson Hojsafiy («Sepahon»), Solih Hardaniy («Istiqlol»), Husayn Kanoniy («Persepolis»), Shujo Xalilzoda («Traktor»), Milad Muhammadiy («Persepolis»), Ali Ne’matiy («Fulad»), Ramin Rizoyon («Fulad»).
Yarim himoyachilar: Ro‘zbe Cheshmiy («Istiqlol»), Said Izzatullohiy («Shabab»), Mehdi Qoidiy («An-Nasr»), Saman Quddus («Kalba»), Muhammad Qurboniy («Al-Vahda»), Alirizo Jahonbaxsh («Dender»), Muhammad Muhibbiy («Rostov»), Amir Muhammad Razzoqiniya («Istiqlol»), Mehdi Turobiy («Traktor»), Ariya Yusufiy («Sepahon»).
Hujumchilar: Ali Alipur («Persepolis»), Dennis Dargahiy («Standard»), Amirhusayn Husaynzoda («Traktor»), Shahriyor Mug‘onilu («Kalba»), Mehdi Taremiy («Olimpiakos»).
Jahon chempionati–2026da Eron milliy terma jamoasi G guruhida ishtirok etadi. Osiyo vakilining raqiblari Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bo‘ladi.