Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Eron global siyosat va energetika bozorlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan inqilobga yaqinlashmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Oliy Rahbar Ali Xomenei rejimi 1979-yilgi inqilobdan beri eng zaif ahvolda qolgan. Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Uilyam Asher Bloombergga iqtisodiyot inqirozning asosiy omili ekanligini va rejimning nazoratni saqlab qolish qobiliyati tez sur’atlar bilan pasayib borayotganini aytdi. U vaziyatni "Eron uchun o‘n yilliklardagi eng muhim lahza" deb atadi.
Agentlik shuningdek, Xomenei rejimining qulashi Suriyada Assad rejimining qulashi va Maduroni qo‘lga olish operasiyasidan keyin allaqachon ittifoqchilarini yo‘qotgan Putin uchun jiddiy zarba bo‘lishini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, tahlilchilar AQSh yoki Isroil harbiy aralashuvi Eron hukumatini zaiflashtirish o‘rniga vaqtincha kuchaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.