Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Eron Hurmuz bo‘g‘ozining yopilganini ma’lum qildi

Eron Hurmuz bo‘g‘ozining yopilganini ma’lum qildi

Eron Hurmuz bo‘g‘ozini kemalar harakati uchun to‘liq yopganini ma’lum qildi.

Eronning Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi, general-mayor Muhsin Rizoiyning aytishicha, Eron kuchlari bo‘g‘oz orqali o‘tayotgan kemalar harakatini nazorat qilmoqda. Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.

Rizoiy, shuningdek, Eron Hurmuz bo‘g‘ozi tashqarisida yangi cheklangan dengiz hududini tashkil etish niyatida ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududga ruxsatsiz kirgan kemalar Tehron tomonidan sanksiyalarga duch kelishi mumkin.

Hurmuz bo‘g‘ozi jahon neft va gaz savdosida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan dengiz yo‘lagi hisoblanadi. Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlik kuchayishi fonida bo‘g‘oz orqali yuk tashish hajmi sezilarli darajada kamaygan.

Kiritildi: 16:40 07.09.2026. O'qildi: 1022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!