Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Hurmuz bo‘g‘ozidan noqonuniy va xavfli yo‘nalish bo‘ylab o‘tishga uringan ikkita neft tankeriga zarba berdi.
AQSh havo kuchlari hamrohligida harakatlangan kemalar ogohlantirishlarga e’tibor bermagani va to‘xtatilgani ta’kidlanmoqda. Yana to‘rtta kema esa yo‘nalishini o‘zgartirib, ortga qaytgan.
Shuningdek, Eron yuk tashish va sug‘urta kompaniyalarini AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi tavsiyalariga amal qilmaslikka chaqirdi. Mintaqada kema qatnoviga Amerika harbiylarining har qanday aralashuvi javobsiz qolmasligi bildirildi.