Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida dengiz harakatini boshqarishning yangi tizimini joriy etdi

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida dengiz harakatini boshqarishning yangi tizimini joriy etdi

Eron hukumati Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan kemalar harakatini nazorat qilish va boshqarishning yangi tizimini ishga tushirdi. Bu haqda mamlakatning Press TV telekanali xabar bermoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, bo‘g‘oz orqali o‘tishni rejalashtirgan barcha kemalarga tranzit qoidalari ko‘rsatilgan elektron xatlar yuborilmoqda. Xabarda aytilishicha, ushbu hujjatda hududdan o‘tishning yangi va qat’iy qoidalari belgilab berilgan.

Telekanalning ta’kidlashicha, endilikda kemalar o‘z harakatlarini ushbu qoidalarga muvofiqlashtirishi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun rasmiy ruxsatnoma olishi shart etib belgilandi.

Kiritildi: 23:38 05.05.2026. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!