Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron hukumati: Mojtaba Xomanaiyning «sog‘ligi yaxshi»

Eron hukumati: Mojtaba Xomanaiyning «sog‘ligi yaxshi»

Eronning oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy «yaxshi sog‘liqda» va «vaziyatni to‘liq nazorat qilib turibdi», — deb ma’lum qildi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy.

Mojtaba Xomanaiy 8 mart kuni lavozimga tayinlanganidan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmagan. 12 mart kuni uning xalqqa yo‘llagan birinchi murojaati matnini Eron davlat televideniyasi diktori o‘qib eshittirgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yangi oliy rahbari hali tirik ekaniga shubha bildirgan edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Xomanaiy uning otasi — ayatolla Ali Xomanaiy va oila a’zolari halok bo‘lgan hujum paytida yaralangan bo‘lishi mumkin. Ammo bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan.

Juma kuni AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Mojtaba Xomanaiy «yaralangan va ehtimol og‘ir jarohat olgan» bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 17:35. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!