Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Ma’lum qilinishicha, Eron Oliy sudi mahkumlarni "isyonchilar" deb atab, o‘lim jazosini ijro etdi.

Qatl etilgan ikki erkak yanvar oyidagi namoyishlar paytida harbiy ob’ektga hujum qilish va qurol omborini egallashga urinishda ayblangan edi.

Diniy sud talqiniga ko‘ra, ular ommaviy qotilliklarni rejalashtirgan.

Mamlakat Oliy sudi mazkur shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukmni tasdiqladi va ularni davlatga qarshi chiqqan isyonchilar sifatida baholadi.

O‘tgan haftada ushbu ish bo‘yicha ayblangan 18 yoshli yigit ham qatl etilgan edi.

Amnesty International tashkilotining ma’lumot berishicha, namoyishlarda ishtirok etgani uchun yana o‘n bir kishi o‘lim jazosi xavfi ostida qolmoqda.

Kiritildi: 15:25 05.04.2026. O'qildi: 441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!