Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatlari xalqaro huquqqa to‘liq mos keladi, AQShning yaqinda amalga oshirgan hujumlari esa BMT Nizomi tamoyillariga ziddir.
Bu haqda Eron parlamenti a’zosi Hasan Gashgavi ma’lum qildi.
"Biz do‘stona qo‘shnilarimiz, xususan, Ummon bilan hamkorlik va muloqotga doimo tayyormiz, ammo bu muzokaralar suveren huquqlardan voz kechishni anglatmaydi", dedi u.
Eronlik deputatning so‘zlariga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq vaziyat avvalgi holatiga qaytmaydi.
"Boshqaruv Ummon bilan hamkorlikda amalga oshiriladimi yoki yo‘qmi, bu suv yo‘li ustidan nazorat Eron yurisdiksiyasida qoladi", deb ta’kidladi u.
Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) yakshanba kuni kechasi AQSh kuchlari Erondagi taxminan 140 ta harbiy nishonga hujum qilganini e’lon qilgan edi. Tehron AQSh hujumlariga javoban Iordaniya, Quvayt, Bahrayn va Qatardagi AQSh harbiy ob’ektlariga bir qator raketa va dron hujumlari haqida xabar bergan edi.