Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Eron Hormuz bo‘g‘ozi to‘liq yopilganini e’lon qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozi to‘liq yopilganini e’lon qildi

Hormuz bo‘g‘ozi kemalar uchun butunlay yopildi.

Bu haqda Eron Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Mohsen Rizoiy e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, Eron harbiylari bo‘g‘ozdan o‘tishga urinayotgan Amerika kemalariga qarata o‘q uzmoqda, ammo atrof-muhitni himoya qilish uchun ularni cho‘ktirmayapti.

"Eron Amerika kontrabanda kemalarini cho‘ktirmaslikka qaror qildi, chunki ular neft tashiydi, bu esa mintaqa atrof-muhitiga zarar yetkazadi", dedi Rizoiy.

Avvalroq Financial Times manbalarga tayanib, AQSh to‘rt oy davomida Hormuz bo‘g‘ozida maxfiy minalarni tozalash operasiyasini o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edi. Operasiya uchun maxsus kuchlar g‘avvoslari, robot qayiqlar va ixtisoslashtirilgan suv osti transport vositalari jalb qilingan.

Kiritildi: 06:35 07.09.2026. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!