Eron parlamenti Hormuz bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazida xavfsizlik va navigasiyani ta’minlash bo‘yicha strategik reja loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda deputat Alirizo Salimi Tasnim bilan suhbatda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat Qo‘shma Shtatlar, Isroil va Eron dushman deb hisoblagan boshqa davlatlardan kelgan kemalarning, shuningdek, Isroil bilan bog‘liq yuklarning Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishini taqiqlaydi. Qoidabuzarliklar uchun yuk qiymatining 20 foizgacha jarima solinishi taklif qilinmoqda.
Alirizo Salimi loyiha hali ham ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.
Avvalgi xabarlarda Eron va Ummon kun oxiriga qadar Hormuz bo‘g‘ozida navigasiya bo‘yicha kelishuv imzolashi mumkinligi aytilgan edi.