AQSh Milliy aksilterror markazining sobiq direktori Jo Kent AQShning Eronga qarshi Isroil bilan birgalikda harbiy amaliyot o‘tkazishi xavfli ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, tomonlarning maqsadlari va urush olib borish standartlari keskin farq qiladi.
U Taker Karlsonga bergan intervyusida AQShning taktik maqsadlari aniq ekanini, ular faqat harbiy ob’ektlar (raketalar, yadroviy dastur va flot) bilan cheklanishini aytdi. Isroil esa, «harbiy maqsadlar doirasidan ancha kengroq natijalarga intiladi».
Kentga ko‘ra, AQShga Eron janubidagi qizlar maktabiga zarba berish uchun koordinatlarni aynan Isroil taqdim etgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bu ikki davlat o‘rtasidagi razvedka sohasidagi yuqori darajadagi hamkorlik bilan izohlanadi.
Shuningdek, u Eron yadroviy qurol yaratish arafasida bo‘lmaganini ta’kidladi. Kentning so‘zlariga ko‘ra, bu holat «Epik g‘azab» operasiyasi boshlangan paytda ham, 2025 yil iyun oyida AQShning yadroviy ob’ektlarga bergan zarbalari oldidan ham o‘zgarmagan.
Avvalroq Kent Eronga qarshi harbiy operasiyaga qarshi bo‘lgani sababli o‘z lavozimini tark etgan edi.